<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Imoningdan qaytmagin</title>
<lyrics>[V1]
 Agar qalbing topmasa shifo
 Yuragingda boʻlmasa ziyo
 Har qadamda boʻlsa muammo
 Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim!
 Gunoh ishga qaytmagin, doʻstim!

[V2]
 Ogʻir kunlar kelsa boshingga
 Kelmay qoʻysa doʻstlar qoshingga
 Putur yetib goh bardoshingga
 Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim!
 Imoningdan qaytmagin, doʻstim!

[V3]
 Sinov kelsa shayton makridan
 Baʼzan yomon tilning zahridan
 Qoʻrqqin Yaratganning qahridan
 Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim!
 Ishonchingdan qaytmagin, doʻstim!

[V4]
 Goʻzal janonaga chopmagin
 Yoring turib, boshqa topmagin.
 Qalb eshigin zinhor yopmagin
 Xudo yoʻq deb aytmagin, doʻstim!
 Imoningdan qaytmagin, doʻstim!

[V5]
 Mayli yigʻla, Xudo qoshida
 Xasrat yotar koʻzning yoshida.
 Masih keldi asr boshida
 Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim!
 Masihga kel, qaytmagin doʻstim!

[V6]
 Najot keldi Iso Nomida
 Kel, yashama xasrat domida
 Xudo tirik har kalomida
 Xudo yoʻq deb aytmagin doʻstim!
 Masihga kel, qaytmagin doʻstim!</lyrics>
</song>